
Hindiston poytaxti Nyu-Dehli shahrining zich aholi yashaydigan tumanida Qizil qal’a yaqinida portlash yuz berdi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.
Shahar politsiyasining ma’lum qilishicha, kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohat oldi.
Portlash avtomobilda sodir bo‘lgan va uning sababi hozircha ma’lum emas. Yong‘in natijasida oltita transport vositasi va uchta autoriksha yonib ketgan. Ammo yong‘in o‘chirish guruhlari tomonidan nazoratga olindi.
Ma’lumot uchun, Qizil qal’a (Lal Qila) XVII asr Mug‘allar davriga oid qal’a bo‘lib, eski shaharda joylashgan va yil davomida sayyohlar tomonidan ziyorat qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyadagi maktab masjidida portlash yuz bergan edi.