
Honda kelajakdagi yirik gibrid SUV modellari uchun yangi V6 dvigatel ishlab chiqayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Motor1 xabar bermoqda.
Kompaniyaga ko‘ra, bu dvigatel 2027-yildan boshlab Shimoliy Amerika bozoriga mo‘ljallangan gibrid avtomobillarga o‘rnatiladi. Honda yangi motorni yuqori quvvat va kuchli tortish xususiyati bilan ta’rifladi. Hozirgi 3,5 litrli V6 285 ot kuchini beradi va 2,3 tonnagacha tirkama torta oladi. Yangi motor 30 foizga tejamkor bo‘lishi va tezlanishni 10 foiz yaxshilashi aytilmoqda.

Qaysi model birinchi bo‘lib ushbu texnologiyani olishi hozircha noma’lum. Pilot yaqinda yangilangani uchun dvigatel, avvalo, Odyssey yoki Ridgeline avlodida paydo bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.
Honda, shuningdek, kelajak gibridlari uchun 1,5 va 2,0 litr hajmdagi yangi to‘rt silindrli motorlar ustida ham ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Honda Passport TrailSport HRC avtomobili qanday xususiyatlarga egaligi haqida yozgan edi.