Avto

Hyundai va GM yangi avtomobil ishlab chiqaradi

Model 2028-yilda Janubiy Amerikada taqdim qilinadi
Foto: @Theottle

Hyundai va General Motors (GM) yangi avtomobil ustida ishlamoqda. Bu haqda Carcoops nashri xabar bermoqda.

Model 2028-yilda Janubiy Amerikada taqdim qilinadi. 2030-yilda esa Shimoliy Amerika uchun alohida versiya va yangi yo‘ltanlamas ham chiqadi.

Hyundai rahbari Don Romano loyiha tasdiqlanganini aytdi. Unga ko‘ra, kompaniya tayyor platformani olib, shunchaki belgini almashtirmaydi.

U gibrid tizim haqida ham gapirgan. Bu oddiy plug-in emas, balki, boshqa turdagi gibrid bo‘ladi. Taxminlarga ko‘ra, model EREV texnologiyasidan foydalanishi mumkin.

Yangi pikapda Kia Tasman’dagi kabi konstruksiya qo‘llanadi. Raqobat segmenti kuchli. Model Toyota Hilux, Isuzu D-Max, Nissan Navara, Mitsubishi Triton, Ford Ranger, Chevrolet Colorado, Toyota Tacoma, Nissan Frontier va VW Amarok bilan bellashadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Mirziyoyev GM rahbari bilan ishlab chiqarishni kengaytirishni muhokama qilgani haqida yozgan edi.