Nukusdagi «eng arzon shop»ga chora ko‘rildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida faoliyat yurituvchi «Supershop» MChJ savdo nuqtasi ijtimoiy tarmoqlarda o‘z mahsulotlarini «eng arzon» deya targ‘ib qiluvchi reklama e’lonlarini joylashtirgani aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
Bunda raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlari bilan taqqoslashda hech qanday xolis tasdiqlangan ma’lumotlar yoki texnik parametrlar keltirilmagan. Reklama materiallari, jumladan, Instagram ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirilgan.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida «Supershop» MChJ qonun talablarini buzgan deb topildi.
Aniqlangan qonunbuzarlik holati yuzasidan Qo‘mita huzuridagi Maxsus komissiya tomonidan korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Ishni ko‘rib chiqish yakunida korxona vakillariga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda aniqlangan qonunbuzarlikni to‘liq bartaraf etish bo‘yicha rasmiy ko‘rsatma yuborildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uzum nasiya nomidan firibgarlik qo‘ng‘iroqlari kuzatilayotgani haqida yozgandi.