Sirdaryoda narkolaboratoriya, Namanganda esa narkotik savdosi fosh etildi

eʼlon qilindi
Barcha holatlar bo‘yicha qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Sirdaryoda narkolaboratoriya, Namanganda esa narkotik savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi
Sirdaryoda narkolaboratoriya, Namanganda esa narkotik savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi / Foto: depositphotos

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Sirdaryo va Namangan hududlarida narkotiklar bilan bog‘liq katta jinoyatlar aniqlandi.

Unga ko‘ra, Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida fuqaro turmush o‘rtog‘i va yana bir sherigi bilan uy ichida sintetik narkotik moddalar tayyorlab kelgan. Labo­ratoriyadan 4,4 kg «Mefedron» va uning tayyorlash vositalari dalil sifatida olindi. Ular xorijdan yuborilgan xomashyolar asosida ishlagan.

Video: DXX

Namanganda esa chegaradan noqonuniy ravishda kirgan fuqaro qo‘lga olindi. Uning sumkasidan 9,7 kg «gashish» topildi. Yana bir holatda Namanganda fuqaro kontrabanda orqali olib kelingan 3,2 milliard so‘mdan ortiq qiymatdagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini qabul qilayotganda ushlandi. Keyingi izlanishlarda dori vositalarini buyurtma qilgan besh nafar shaxs aniqlanib, ular Toshkent va vodiy hududlarida savdo qilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda barcha holatlar bo‘yicha qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda narkolaboratoriya tashkil etganlar 20 yilga ozodlikdan mahrum etilishi xabar qilingandi. Prezident farmoniga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga «Aholi salomatligi va millat genofondiga qarshi jinoyatlar» nomi bilan alohida yangi bo‘lim kiritiladi. Bu bilan narkojinoiy uyushma tuzish, narkotiklarni internet orqali yoki transchegaraviy yo‘l bilan o‘tkazish, narkolaboratoriya tashkil etish, mansab vakolatini suiiste’mol qilib narkotrafikka homiylik 20 yilga ozodlikdan mahrum qilishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek