Slovakiyada ikki poyezd to‘qnashdi, 2026-yildan davlat tibbiyot muassasalarida besh kunlik ish haftasi joriy qilinadi — 10-noyabrning eng muhim hodisalari

eʼlon qilindi
Tailand – Malaziya chegarasida Rohingya qochqinlari qayig‘i halokatga uchradi
Ташкент
Foto: Jaloliddin Ismailov / Unsplash

Slovakiyada ikki poyezd to‘qnashdi, 2026-yildan davlat tibbiyot muassasalarida besh kunlik ish haftasi joriy qilinadi — 10-noyabrning eng muhim hodisalari Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Slovakiyada ikki poyezd to‘qnashuvi sodir bo‘ldi

Slovakiyada ikki poyezd to‘qnashuvi sodir bo‘ldi
Foto: The Mirror

9-noyabr kechasi Slovakiyaning g‘arbiy qismida, Bratislava yaqinidagi Pezinok shahrida ikki poyezd to‘qnashdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Ichki ishlar vaziri Matus Sutaj Estokning bayonotiga ko‘ra, hodisada 11 kishi og‘ir jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi, yana bir necha kishi yengil jarohat olgan. Poyezdlarda jami taxminan 800 kishi bo‘lgan, ularning ko‘pchiligi talabalar bo‘lgani aytilmoqda.

Tailand – Malaziya chegarasida Rohingya qochqinlari qayig‘i halokatga uchradi

Tailand-Malaziya chegarasida Rohingya qochqinlari qayig‘i halokatga uchradi
Foto: The Washington Post

Tailand va Malaziya chegarasida Rohingya qochqinlarini tashigan qayiq cho‘kib ketishi natijasida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, qayiqda taxminan 70 kishi bo‘lgan. Shu vaqtga qadar 13 tirik qolgan kishi topildi, ularning ko‘pchiligi Rohingya, ikki nafari esa bangladeshlik bo‘lib chiqdi. Tailand hokimiyatlari to‘rtta jasad, jumladan, ikki bolaning jasadi shaxsiga aniqlik kiritdi.

2026-yildan davlat tibbiyot muassasalarida besh kunlik ish haftasi joriy qilinadi

2026-yil 1-apreldan davlat tibbiyot muassasalarida besh kunlik ish haftasi joriy qilinadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi qaror qabul qildi.

Qaror 2026-yildan boshlab davlat tibbiyot muassasalarida ishlayotgan xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ish sharoitlarini yaxshilash va moddiy rag‘batlantirishni nazarda tutadi.

Yerga magnit bo‘ronlari yaqinlashmoqda

Foto: Pixels.com

Quyoshdagi so‘nggi faol portlashlar sabab joriy hafta o‘rtasida magnit bo‘ronlari kuzatilishi mumkin. Rossiya Fanlar akademiyasi Quyosh astronomiyasi laboratoriyasining xabar berishicha, birinchi to‘lqin o‘rtacha darajadagi «G2» magnit bo‘ronini keltirib chiqaradi.

AQShda tarixdagi eng uzoq shatdaun yakuniga yetmoqda

AQSh senatorlari ikki partiyaviy kelishuvga erishib, mamlakat tarixidagi eng uzoq shatdaun, ya’ni hukumat faoliyatining to‘xtashini tugatish yo‘lida muhim qadam tashladi. Hukumat ishi 40 kun davomida qisman to‘xtab turgan edi.

Bunga sabab Kongress davlat xizmatlarini moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmagani bo‘lgan. Avvalgi rekord 35 kun bo‘lib, u Donald Tramp prezidentlik qilgan 2019-yilda kuzatilgan.

Endi O‘zbekistonda narkolaboratoriya tashkil etganlar 20 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi

Endi O‘zbekistonda narkolaboratoriya tashkil etganlar 20 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi
Foto: «MVD Media»

Endi O‘zbekistonda narkolaboratoriya tashkil etganlar 20 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Prezident farmoniga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga «Aholi salomatligi va millat genofondiga qarshi jinoyatlar» nomi bilan alohida yangi bo‘lim kiritiladi.

Endilikda narkojinoyatlarning ayrim turlari uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.

Sankt-Peterburgda migrantlarga taqiqdan so‘ng taksi narxlari keskin oshdi

Foto: Neva.Today

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida migrantlarning taksida ishlashiga doir taqiq kuchga kirganidan so‘ng, shaharda taksi xizmatlari narxlari 30 foizgacha oshdi. Bu haqda «Fontanka.ru» nashri o‘tkazgan monitoring natijalariga tayanib, xabar berdi.

Jurnalistlar «Yandeks Taksi» orqali bir xil yo‘nalishlarda safar narxlarini taqqoslaganda, ayrim yo‘nalishlarda farq 3,2 foizdan 32,5 foizgacha bo‘lgan. Masalan, Primorskiy tumaniga borish 761 rubl o‘rniga 1009 rublni tashkil etgan. Bu orada ayrim foydalanuvchilar ilovada Haydovchilar yetarli emas degan ogohlantirish xabarini olishgan.

O‘zbekiston va AQSh kosmik texnologiyalar sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston kosmik texnologiyalar sohasida AQShning xususiy aerokosmik kompaniyasi Vast bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Vazir Sherzod Shermatov AQShga tashrifi davomida dunyodagi ilk tijoriy kosmik stansiyani qurayotgan Vast kompaniyasi vitse-prezidenti Rich Leshner bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonda kosmik sohani rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va o‘zbekistonlik mutaxassislarning global loyihalarda ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

11-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

dollar
Foto: Depositphotos

11-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 014,94 so‘m (-45,33 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 16,27 so‘mga tushib, 13 900,08 so‘mni, rubl esa 0,56 so‘mga tushib, 148,31 so‘mni tashkil qildi.

Shuningdek