Yangiliklar

Slovakiyada ikki poyezd to‘qnashuvi sodir bo‘ldi

20 nafarga yaqin kishilar jarohatlandi
Slovakiyada ikki poyezd to‘qnashuvi sodir bo‘ldi / Foto: The Mirror

9-noyabr kechasi Slovakiyaning g‘arbiy qismida, Bratislava yaqinidagi Pezinok shahrida ikki poyezd to‘qnashdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Ichki ishlar vaziri Matus Sutaj Estokning bayonotiga ko‘ra, hodisada 11 kishi og‘ir jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi, yana bir necha kishi yengil jarohat olgan. Poyezdlarda jami taxminan 800 kishi bo‘lgan, ularning ko‘pchiligi talabalar bo‘lgani aytilmoqda.

Foto: Deccan Herald

Kositsedan Bratislava tomon harakatlanayotgan Tatran 620 poyezdi Nitradan poytaxtga yo‘l olgan REX 1814 poyezdining orqasiga urilgan. Xabarlarga ko‘ra, biri qizil signalni o‘tkazib yuborib, boshqasiga urilgan.

Slovakiya temir yo‘l xizmati rahbari Ivan Bednarokning aytishicha, poyezdlarning tezligi taxminan 100 km/soatni tashkil qilgan. Hodisa joyiga 70 dan ortiq o‘t o‘chirish xodimlari va 60 politsiyachi jalb qilindi, yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish uchun maxsus avtobuslar ishlatilgan.

Foto: Koha

Poyezd haydovchilari qonidan alkogol yoki giyohvandlik moddalari topilmadi. Hodisa joyida tergov ishlari olib borilmoqda, sabablari hali aniqlanmagan. Mamlakatda poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtatildi, ZSSK operatori hududdagi yo‘lovchilarni katta kechikishlar haqida ogohlantirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning Nyu-York shtatida ikkita samolyot to‘qnashgan edi.