Tailand – Malaziya chegarasida Rohingya qochqinlari qayig‘i halokatga uchradi

eʼlon qilindi
Qayiqda taxminan 70 kishi bo‘lgan
Tailand – Malaziya chegarasida Rohingya qochqinlari qayig‘i halokatga uchradi / Foto: The Washington Post

Tailand va Malaziya chegarasida Rohingya qochqinlarini tashigan qayiq cho‘kib ketishi natijasida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, qayiqda taxminan 70 kishi bo‘lgan. Shu vaqtga qadar 13 tirik qolgan kishi topildi, ularning ko‘pchiligi Rohingya, ikki nafari esa bangladeshlik bo‘lib chiqdi. Tailand hokimiyatlari to‘rtta jasad, jumladan, ikki bolaning jasadi shaxsiga aniqlik kiritdi.

Foto: Sky News

Qidiruv ishlarida Tailand va Malaziya havo va dengiz resurslari jalb qilingan. Malaziya dengiz agentligi qidiruv operatsiyasi yetti kun davom etishini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Rohingya qochqinlari Myanmadagi zo‘ravonlik va Bangladeshdagi qiyin yashash sharoitlari tufayli xavfli dengiz safarlarida Malaziya va Indoneziyaga yo‘l olgan. BMTga ko‘ra, joriy yil boshidan noyabr oyigacha 5,1 mingdan ortiq Rohingya qayiq orqali hududdan chiqib ketgan, ulardan taxminan 600 nafari halok bo‘lgan yoki izsiz yo‘qolgan.

Foto: CFR

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Filippindagi «Kalmaegi» to‘foni qurbonlari soni 200 nafarga yaqinlashgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek