
Xitoy Savdo vazirligi AQShga galliy, germaniy va antimon eksportiga qo‘yilgan taqiqni 2026-yil 27-noyabrgacha vaqtincha bekor qildi. Bu haqda Politico nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, qaror ikki davlat o‘rtasidagi savdo tangliklarining yumshashi ortidan qabul qilindi. Ushbu materiallar yarimo‘tkazgichlar, smartfonlar, kompyuter texnologiyalari hamda harbiy tizimlar – elektron urush, kuzatuv va raketa tizimlarida ishlatiladi.
Pekin o‘tgan yili bu moddalarga cheklovlar kiritgan edi. Endilikda cheklovlar to‘xtatilib, eksport jarayoni soddalashtirilmoqda. Xitoy prezidenti Si Szinpin va AQSh prezidenti Donald Tramp yaqinda boj tariflarini pasaytirish va ayrim savdo cheklovlarini bir yilga yumshatishga kelishib olgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avstraliya sanksiyalarga qaramay Rossiya neftini import qilayotgani haqida yozgan edik.