Yerga magnit bo‘ronlari yaqinlashmoqda

Quyoshdagi so‘nggi faol portlashlar sabab joriy hafta o‘rtasida magnit bo‘ronlari kuzatilishi mumkin. Rossiya Fanlar akademiyasi Quyosh astronomiyasi laboratoriyasining xabar berishicha, birinchi to‘lqin o‘rtacha darajadagi G2 magnit bo‘ronini keltirib chiqaradi.
Mutaxassislar hisoblashicha, M1.7 darajadagi to‘lqin nisbatan kichik portlashdan chiqqan plazma oqimi 24 soat ichida Yer magnitosferasiga yetib kelib, o‘rtacha ta’sir ko‘rsatadi. Asosiy X toifadagi portlash esa kuchliroq bo‘lsa-da, uning yo‘nalishi biroz shimolga og‘gani sababli asosiy zarba Yer orbitasidan biroz yuqoridan o‘tadi. Shu bois geofiziklar maksimal darajada G3 darajali bo‘ronni kutmoqda.
Avvalgi prognozlarga ko‘ra, bu safar kuchliroq ta’sir kutilgan edi, biroq yangilangan hisob-kitoblar vaziyatni nisbatan barqaror deb baholamoqda. Mutaxassislar bu prognoz oldingi xatolarni to‘g‘rilash emas, balki yangi ma’lumotlarga asoslangan real tahlil ekanini ta’kidladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dunyo bo‘ylab magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.