Ziroat Mirziyoyeva dunyo bo‘yicha onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 ayol qatoriga kirdi

eʼlon qilindi
OncoDaily platformasi tomonidan
Зиорат Мирзиёева
Foto: Vikipedia

O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva xalqaro OncoDaily platformasi tomonidan e’lon qilingan «Onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 ayol» ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda platformaning rasmiy sahifasida e’lon qilindi.

Ushbu reyting saraton kasalligiga qarshi kurash bo‘yicha global kun tartibini belgilovchi yetakchi ayollarni o‘z ichiga oladi.

Ziroat Mirziyoyeva — «Zamin» xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi sifatida bolalar onkologiyasini rivojlantirish, erta tashxis va davolash tashabbuslarini ilgari surish hamda og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini oshirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynab kelmoqda.

Mutaxassislar uning bolalar onkologiyasi yo‘nalishidagi global harakatlarni qo‘llab-quvvatlashdagi faoliyatini alohida e’tirof etishgan. 2025-yil sentabr oyida Ziroat Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasi doirasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va St. Jude tadqiqot shifoxonasi hamkorligida tashkil etilgan «Bolalarda saraton va boshqa xavfli kasalliklarda yashovchanlikni oshirish hamda azob-uqubatlarni kamaytirish bo‘yicha global harakat» nomli forumga raislik qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ziroat Mirziyoyeva BMT forumida bolalar saratoni muammosini ko‘targani haqida yozgandi.

Shuningdek