Buxoroda elektr uchun asossiz hisoblangan 1,8 mlrd so‘mlik qarzdorlik qayta ko‘rib chiqiladi

eʼlon qilindi
Buxoro davlat universiteti va Buxoro davlat tibbiyot instituti oshirilgan tariflar sababli qarzga kirdi
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Buxoroda ikkita oliygoh oshirilgan elektr tariflari sabab qarzga kirdi / Foto: Mielenkaari

Buxoroda elektr uchun asossiz hisoblangan 1,8 mlrd so‘mlik qarzdorlik qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Buxoro davlat universiteti va Buxoro davlat tibbiyot instituti «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning Energiyasavdo filiali faoliyatidan norozi bo‘lib, hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.

O‘rganishlar davomida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan ushbu ikki ta’lim muassasasiga oshirilgan tariflar qo‘llanilgani sababli 1,8 milliard so‘mdan ortiq qo‘shimcha to‘lov hisoblangani aniqlangan.

Shundan so‘ng, maxsus komissiya «Hududiy elektr tarmoqlari» AJga nisbatan qonun talablari buzilishi bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi. Ish yakunida komissiya jamiyatga asossiz hisoblangan mablag‘ni qayta hisoblash va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berdi.

Avvalroq Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov qishda elektr energiyasi tariflari oshirilmasligini ma’lum qilgandi. Mirzamahmudovning ta’kidlashicha, hozircha ayrim hududlarda elektr to‘lovlarini kamaytirish bo‘yicha pilot loyihalar sinovdan o‘tkazilmoqda. Energetika vazirligi yil yakunigacha tahlil va hisob-kitoblarni yakunlab, hukumatga yakuniy taklif kiritishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek