Chery 473 ot kuchiga ega yangi avtomobilini namoyish qildi

11-noyabr 2025 15:33 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chery
Chery Exeed Exlantix ET7 avtomobili / Foto: MIIT

Chery kompaniyasining yangi Chery Exeed Exlantix ET7 avtomobili BEV va EREV versiyalarida taqdim etiladi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Modelning uzunligi 5 metrga yaqin, g‘ildirak bazasi esa 3 metr bo‘lib, u o‘rta-katta SUV toifasida joylashadi. Yuqori qismda uzluksiz kunduzgi chiroq chizig‘i bor. Pastki qismda esa bo‘lingan faralar o‘rnatilgan. Bamperda ikki qavatli xrom bezaklar ishlatilgan. Kuzovda lidar va bir nechta sensorlar joylashgan. BEV versiyasi besh qirrali disklar bilan, EREV esa guldasta shaklidagi disklar bilan taqdim etiladi.

Foto: MIIT

Orqa tomonda birlashtirilgan chiroq tasmasi va burchaklarda model belgisi joylashgan. Uzunlik 4988 mm, kenglik 1975 mm, balandlik 1710 mm. Salonda 5 o‘rindiq bor. BEV versiyasi 2200 kg, EREV esa 2300 kg og‘irlikka ega.

BEV versiya RWD va AWD konfiguratsiyasida bo‘ladi. RWD 230 kVt quvvatga ega motor bilan ishlaydi. AWD esa old tomonda 123 kVt quvvatli qo‘shimcha motor oladi. Tezligi 210 km/soatga yetadi. Batareyalar CATL tomonidan yetkazib beriladi.

Foto: MIIT

EREV versiya 1.5T dvigatelga ega bo‘ladi. U generator sifatida ishlaydi. Uning quvvati 115 kVt. Batareyalar Deyi Energy va Gotion tomonidan yetkaziladi. Modelda elektr motorlarining quvvati va yurish masofasi hali oshkor etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chery yangi Tiggo 8 beshinchi avlodini Xitoy bozoriga chiqargani haqida yozgan edi.

Shuningdek