
Shavkat Mirziyoyev ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yig‘ilishda tabiatni muhofaza qilish, atmosfera havosini yaxshilash, yashil hududlarni rivojlantirish va iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha loyihalarni markazlashgan tarzda moliyalashtirish va amalga oshirish taklif etildi.
Shuningdek, ekologik nazoratni kuchaytirish, qoidabuzarliklarga tezkor chora ko‘rish, jamoatchilik ishtirokini oshirish va sanoat hamda shaharlarda yashil hududlarni saqlash choralari muhokama qilindi.
Prezident takliflarni ma’qullab, boshqaruv sifatini oshirish va nazoratni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuvda sohaning hozirgi holatini aniq misollar bilan tahlil qilgan edi.