Gadjetlar

iPhone’ga shaxsiy SI-shifokor funksiyasi qo‘shiladi

Ovqatlanishni kuzatish funksiyasi ham
iPhone’ga shaxsiy SI-shifokor funksiyasi qo‘shiladi / Foto: iPhone

Apple kompaniyasi iPhone’larni shaxsiy shifokorga aylantirishni rejalashtirmoqda. Buning uchun yangi Health ilovasi funksiyalari joriy etiladi, deya yozmoqda Bloomberg.

Yangi ilova Health+ xizmatini taklif qiladi, unda foydalanuvchilarga sog‘likni kuzatishda yordam beruvchi SI-agent bo‘ladi. Agar xizmat muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, Apple sog‘liqni saqlash sohasida SI-chatbotlar bo‘yicha yetakchi texnologik kompaniyalardan biriga aylanishi mumkin.

Apple Health+ foydalanuvchilarga shaxsiylashtirilgan SI maslahatlari, sog‘liq bo‘yicha ekspertlarning foydali videolari va hayot tarzini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalarni taqdim etadi.

Shuningdek, xizmat ovqatlanishni kuzatish funksiyasini ham o‘z ichiga oladi va mavjud bo‘lsa, Apple Watch ma’lumotlari bilan integratsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPhone’da sun’iy yo‘ldosh orqali xabar yuborish imkoniyati paydo bo‘lishi haqida xabar bergan edik.