Yangiliklar

Kredit qarzini ijtimoiy nafaqa va yordam pullaridan undirish taqiqlanadi

Mazkur yangi me’yorlar 2026-yil 29-yanvardan kuchga kiradi
Banklardagi mikrokreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi tushdi, avtokreditlarniki esa biroz oshdi
Foto: ijtimoiy tarmoq

Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini yanada shaffof va adolatli qilish maqsadida bank xizmatlari iste’molchilari bilan munosabatlarga qo‘yiladigan minimal talablarni yangiladi. Bu haqda regulyator rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kredit olish jarayonida mijozlar barcha tavakkalchilik va majburiyatlar haqida oldindan to‘liq ma’lumot oladi. Shuningdek, kredit to‘lovlarini kechiktirayotgan fuqarolar uchun shartnomani o‘zgartirish va yengillik berish mexanizmi belgilanadi.

Eng muhim jihatlardan biri – banklarga fuqarolarni ortiqcha qarzga undash hamda ijtimoiy nafaqa yoki yordam pullari hisobidan qarz undirish qat’iyan taqiqlanmoqda. Endilikda mijoz roziligisiz kredit shartlarini yoki parametrlarini o‘zgartirishga ham yo‘l qo‘yilmaydi.

Bundan tashqari, banklar omonatlarni kafolatlash tizimi haqida mijozlarga aniq va standart ma’lumot taqdim etish majburiyatini oladi. Mazkur yangi me’yorlar 2026-yil 29-yanvardan kuchga kiradi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda 150 mingga yaqin kishilar o‘ziga kreditni taqiqlagani haqida yozgandi.