Yangiliklar

Mirziyoyev va Putin telefon orqali muloqot qildi

Xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
Mirziyoyev va Putin telefon orqali muloqot qildi / Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish, savdo, energetika sohasidagi qo‘shma loyihalar hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, joriy yil 22-oktabrda Moskva viloyatida o‘tgan hududlar kengashining yig‘ilishi samarasi qayd etildi va 3-dekabr kuni bo‘ladigan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda qo‘shma biznes forumining ahamiyati ta’kidlandi. Xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi va kelgusidagi tadbirlar rejalashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Yangi Toshkentdagi zamonaviy futbol stadioni qurilishiga «start» bergan edi.