Nio Firefly elektromobili yangilandi

11-noyabr 2025 15:36 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Nio
Nio Firefly elektromobili / Foto: MIIT

Nio kompaniyasining ixcham Nio Firefly elektromobili yangilandi. Xitoy MIIT ma’lumotlariga ko‘ra, model 120 kVt quvvatli yangi elektromotor oladi. Bu avvalgi versiyadan 20 ot kuchi ko‘proq degani.

Modelning dizayni o‘zgarmagan. Uch halqali faralar va orqa chiroqlar saqlangan. O‘lchamlar ham avvalgidek: uzunlik 4003 mm, kenglik 1781 mm, balandlik 1557 mm. G‘ildirak bazasi 2615 mm. Amaldagi 42,1 kVt/soat batareya CLTC bo‘yicha 420 km masofa beradi.

Foto: MIIT

Nio asoschisi Uilyam Li Firefly kelajakda kattaroq batareya olishini tasdiqladi. Uning quvvati kamida 50 foiz oshadi. Firefly Nio’ning 5-avlod quvvat olish stansiyalaridan foydalanadi. Chunki Firefly’ning suyuqlik bilan sovitiladigan batareyasi CATL’ning havo sovitiladigan tizimi bilan mos kelmaydi.

Firefly aprelda savdoga chiqqanidan beri 5 oyda 20 mingdan ortiq sotildi. 2025-yil oktabrda 5 912 ta Firefly yetkazildi. Bu Nio‘ning umumiy oy yakunidagi 40 397 ta yetkazib berishining muhim qismi bo‘ldi.

Foto: MIIT

Amaldagi model orqa g‘ildirakdan tortuvchi tizimga ega. Uning elektromotori 105 kVt quvvat beradi. Tezligi 150 km/soatga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Onvo L60 elektromobili ilk bor O‘zbekiston bozoriga olib kelingani haqida yozgan edi.

Shuningdek