Yangiliklar

Olmaota – Toshkent tezyurar poyezdi 14-dekabrdan boshlab har kuni qatnaydi

«Tulpar-Talgo» poyezdlarining qatnovi ko‘payadi
Olmaota - Toshkent tezyurar poyezdi 14-dekabrdan boshlab har kuni qatnay boshlaydi
Olmaota — Toshkent tezyurar poyezdi 14-dekabrdan boshlab har kuni qatnay boshlaydi / Foto: «Qozog‘iston temir yo‘li» AJ matbuot xizmati

Olmaota – Toshkent tezyurar poyezdi 14-dekabrdan boshlab har kuni qatnay boshlaydi. Bu haqda Qozog‘iston temir yo‘llari matbuot xizmati xabar berdi.

Hozirda qatnovlar haftaning kuniga qarab kunora – dushanba, chorshanba, juma va yakshanba yoki seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Kompaniya Olmaota – Toshkent – Olmaota yo‘nalishidagi «Tulpar-Talgo» poyezdlarining qatnovini ko‘paytirmoqchi. Shu maqsadda 14-dekabrdan boshlab mazkur yo‘nalishda qulayligi yuqori bo‘lgan poyezdlar ishlatiladi. Ular kuniga 400 dan ortiq yo‘lovchilarni tashiy oladi. Chiptalarni bilet.railways.kz sayti orqali yoki temir yo‘l vokzallaridagi kassalardan xarid qilish mumkin.

Avvalroq Nukus – Urganch yo‘nalishidagi poyezd chiptalari narxi oshirilgani haqida xabar berilgandi. Yangi tariflar 6354-6353-sonli Nukus – Urganch – Nukus shaharlararo poyezdlarida joriy yilning 22-noyabridan boshlab amal qiladi.