O‘zbekistonga telefon importi 7,4 foizga oshdi

11-noyabr 2025 10:25 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
telefon
O‘zbekistonga telefon importi 7,4 foizga oshdi / Foto: ijtimoiy tarmoq

2025-yil yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonga xorijdan jami 3,2 million dona mobil telefon keltirildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ularning umumiy qiymati $370,8 millionni tashkil etadi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 219,9 ming donaga yoki 7,4 foizga ko‘p.

Import hajmi boʻyicha yetakchilikda hali ham Xitoy saqlanib qolmoqda. Mamlakatdan jami 2,5 mln dona telefon yetkazib berilgan. Shuningdek, Vyetnamdan 619,2 ming, BAAdan 65,3 ming, Hindistondan 31,8 ming va Koreyadan 4,9 ming dona telefon keltirilgan.

Bundan boshqa davlatlardan olib kirilgan telefonlar 2,2 ming donani tashkil etgan.

Avvalroq 2025-yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistonga 1,9 million dona mobil telefon import qilingani haqida xabar berilgandi. Mazkur davrda Xitoydan 1,4 mln telefon olib kirilgan.

Shuningdek