Yangiliklar

Qashqadaryoda to‘rt nafar egizak qizaloq dunyoga keldi

Oilada qiz farzandlar soni jami to‘qqiztaga yetdi
Qashqadaryoda to‘rt nafar egizak qizaloq dunyoga keldi / Fotot: SSV

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yashovchi Jasur Maqayev va Dilfuza Bahriddinova oilasida to‘rt egizak qizaloq tug‘ildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, oila jami to‘qqiz nafar qiz farzandli bo‘ldilar. Egizaklar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi markazining Qashqadaryo filiali shifokorlari tomonidan muddatidan oldin kesarcha yo‘l bilan dunyoga keltirildi.

Qizaloqlarning vaznlari 1,4–1,6 kilogrammgacha, bo‘ylari esa 37–40 santimetrni tashkil etdi. Hozirda ular xalqaro tibbiy protokollar asosida parvarishlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq SSV soxta kosmetologlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirgan edi.