Gadjetlar

Samsung Galaxy S26 narxi oshishi kutilmoqda

Bazaviy versiyasi $850 – $900 atrofida bo‘ladi
Samsung Galaxy S26
Foto: ivedia.ru

2026-yilda taqdim etilishi kutilayotgan Samsung Galaxy S26 smartfonlarining taxminiy narxlari ma’lum qilindi. Bu haqda PhoneArena nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, global iqtisodiy vaziyat sababli kompaniya yangi flagman modellarning narxini oshirishga majbur bo‘ladi. Tahlillarga ko‘ra, Galaxy S26 bazaviy versiyasi $850 – $900 atrofida bo‘ladi. Solishtirish uchun, hozirgi Galaxy S25 modeli $800 turadi.

Kengaytirilgan Galaxy S26+ modeli $1100 dollar atrofida baholanmoqda. Bu o‘tgan yilgi S25+ modelidan $100 qimmatroq. Eng yuqori darajadagi Galaxy S26 Ultra esa kamida $1350 dan boshlanadi. Ushbu versiya 256 gigabaytli ichki xotiraga ega bo‘ladi. Taqqoslash uchun, S25 Ultra $1300 dan sotuvga chiqqan edi.

Mutaxassislar narxlarning oshishi ehtimolini yuqori deb baholashmoqda. Biroq Samsung kompaniyasi xuddi Apple singari, narxlarni rasmiy ravishda oshirmasdan, ayrim konfiguratsiyalarni, masalan, 128 gigabaytli modellarni ishlab chiqarishdan to‘xtatishi mumkin. Shu yo‘l bilan yangi modellarning o‘rtacha narxi tabiiy ravishda yuqoriroq ko‘rinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S26 Pro smartfoni ishlab chiqarilmasligi haqida yozgandi.