
Samsung Galaxy S26 Pro bekor qilindi, uning o‘rniga Galaxy S26 chiqishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Android Headlines xabar bermoqda.
Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S26 o‘lchamlari 149,5 × 71,6 × 7,24 mm bo‘ladi. Kamera chiqishi bilan qalinlik 10,44 mm ga yetadi. Oldingi prototip — Galaxy S26 Pro — biroz ixchamroq bo‘lgan: 149,3 × 71,4 × 6,96 mm, kamera bilan 10,23 mm. Shunday qilib, final versiya taxminan 0,28 mm ga qalinlashgan. Taqqoslash uchun, hozirgi Galaxy S25 146,9 × 70,5 × 7,2 mm o‘lchamga ega.
Manbalarga ko‘ra, o‘lchamning biroz ortishi ichki korpusni yaxshilash yoki kamera stabilizatsiyasi tizimini optimallashtirish bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Galaxy S26 va S26 Plus kamerasi qanday bo‘lishi haqida yozgan edi.