Yangiliklar

SMA systema xususiy bandlik agentligi faoliyati tugatildi

2025-yil 10-aprelda berilgan litsenziyasi 2025-yil 5-noyabrdan bekor qilindi
litsenziya
SMA systema xususiy bandlik agentligi faoliyati tugatildi / Foto: ijtimoiy tarmoq

«SMA systema xususiy bandlik agentligi» MChJga joriy yilning 10-aprelida berilgan xorijda ishga joylashtirish litsenziyasi 2025-yil 5-noyabrdan bekor qilindi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

«Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, endilikda ushbu MChJ xorijga ishga joylashtirish bo‘yicha xizmat ko‘rsata olmaydi.

Hujjat Migratsiya agentligidan

Migratsiya agentligi fuqarolardan mazkur agentlik bilan bog‘liq murojaat yoki shikoyatlarni 20-noyabrga qadar Migratsiya agentligining 71 202 33 55 (711) raqamlariga bildirishlari mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Migratsiya agentligi taklifi bilan xorijga tashkilot orqali ishlash uchun ketayotgan fuqarolarni himoya qiluvchi ixtiyoriy sugʻurta tizimi joriy etilish xabar qilingandi.

Yangi tartibga koʻra, sugʻurta kompaniyalariga migrantlar uchun imtiyozli tariflar va maxsus sugʻurta mahsulotlarini ishlab chiqish tavsiya etilgan. Qamrovga xorijda mehnat faoliyati davridagi hayot va sogʻliq sugʻurtasi, patent yoki ruxsatnoma rad etilishi xavfi, ishga joylashish uchun olingan kreditlar qaytmasligi bilan bogʻliq risklar, shuningdek, Oʻzbekistonda ixtiyoriy tibbiy sugʻurta polisi berish yoki migrant boʻlgan mamlakatda assistans orqali tibbiy yordamni tashkil etish kiradi.