Suriya AQSh boshchiligidagi IShIDga qarshi koalitsiyaga qo‘shildi

eʼlon qilindi
Damashq terrorchilikka qarshi xalqaro hamkorlikni siyosiy darajada qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
Foto: Vox

Suriya AQSh boshchiligidagi terrorchilikka qarshi kurashuvchi «Islomiy davlat» koalitsiyasiga qo‘shilganini ma’lum qildi. Kelishuv faqat siyosiy tusga ega bo‘lib, harbiy ishtirokni o‘z ichiga olmaydi.

Bloomberg nashrining xabar berishicha, Suriya prezidenti Ahmad ash-Shar’a AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda o‘tgan uchrashuvda koalitsiyaga qo‘shilish niyatini bildirgan. Shundan so‘ng AQSh hukumati Suriyaga nisbatan ayrim sanksiyalarni yumshatgan.

AQSh Suriyaga qarshi qo‘llanilgan «Sezar akti»ning ayrim qoidalarini 180 kunga to‘xtatib turishga rozi bo‘lgan. Biroq bu yengillik Rossiya va Eron bilan bog‘liq bitimlarga taalluqli emas. Bundan tashqari, BMT Xavfsizlik Kengashi ham AQSh tashabbusi bilan Suriyaning yangi rahbariga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni ma’qullagan.

Shu bilan birga, sobiq prezident Bashar Asad va uning yaqinlariga nisbatan cheklovlar kuchda qoladi. Ular inson huquqlarini buzishda, narkotik savdosida va mintaqaviy beqarorlikni keltirib chiqargan harakatlarda ayblanmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BMT Suriya rahbarlariga qarshi sanksiyalarni bekor qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek