Toyota 40 yil xizmat qiladigan batareya ishlab chiqmoqda

11-noyabr 2025 09:59 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Toyota
Rasm Sora SI yordamida yaratilgan

Toyota 2027–2028-yillarda tverdotana batareyalarni (SSB) seriyali mashinalarga o‘rnatishni boshlashini tasdiqladi. Bu haqda Autoblog xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, u 40 yilgacha xizmat qilishi mumkin. Hozirgi batareyalar o‘n yil atrofida 90 foiz sig‘imini saqlay oladi. Yangi SSB texnologiyasi esa bir dona batareya bilan to‘rt avlod mashinaga teng xizmat muddatini beradi. Shu orqali ishlab chiqarish miqdori kamayadi, ekologik zarar esa keskin tushadi.

Tverdotana texnologiyasining asosiy ustunligi suyuq yonuvchan elektrolitning o‘rniga to‘liq qattiq moddaning ishlatilishidir. Bu yechim xavfsizlikni oshiradi, qizish va yong‘in xavfini kamaytiradi, energiya zichligini esa ko‘taradi. Natijada batareyalar kichikroq, yengilroq, quvvatliroq bo‘ladi. Ular 1000 km dan ortiq masofa bosishi mummin.

Toyota yangi SSBlar avtomobildan ham uzoq yashashi mumkinligini ta’kidladi. Bu esa bitta batareyani ikki yoki uchta avtomobilga ketma-ket o‘tkazish imkonini beradi. Shu sababli boshlang‘ich narx balandroq bo‘lsa ham uzoq muddatda xarajatlar kamayadi va xaridorlar har yili kamroq to‘laydi.

Dastlab texnologiya premium segmentda paydo bo‘ladi. Lexus va Toyota Century kabi modellarda birinchi bo‘lib qo‘llanadi. Keyinroq ommabop modellar, jumladan, bo‘lajak Corolla avlodlari ham tverdotana akkumulyatoriga o‘tadi. Barcha jarayonni tezlashtirish uchun Toyota yirik ishlab chiqarish zanjirlarini qurmoqda.

Kompaniya Sumitomo Metal Mining bilan 2021-yildan beri katod materiali ustida ishlamoqda. Yangi material ko‘p marta zaryadlash va tushirishga bardosh beradigan chidamlilikka ega. Uning ommaviy ishlab chiqarishi 2028-yilgi Yaponiya moliyaviy yilidan boshlanadi. Toyota bu materialning ustuvor xaridori bo‘ladi.

Bundan tashqari, Toyota Idemitsu Kosan bilan litiy sulfid ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu modda tverdotana batareyalarida eng muhim xomashyolardan biri. Idemitsu yiliga 1000 tonna quvvatga ega korxona qurmoqda. Ishlab chiqarish 2027-yilda boshlanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toyota 4Runner 2026 avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek