Avto

Toyota yangi avlod Hilux pikapini taqdim etdi

Yengil gidrid, benzinli yoki to‘liq elektr variantlarida
Toyota yangi avlod Hilux pikapini taqdim etdi / Foto: Toyota

Toyota yangi avlod Hilux pikapini namoyish etdi va bir nechta tyuning versiyalarini taqdim qildi. Bu haqda Carscoops ma’lum qildi.

Foto: Toyota

Eng qiziqarli loyiha — Avstraliyadagi ARB atelyesining off-road modifikatsiyasi bo‘lib, unda lift-komplekt, metall bamper, LED yoritgichlar, tom usti bagajligi va reling tizimi mavjud.

Foto: Toyota

Shuningdek, tom usti chodiri va maxsus karkasli Hilux camper versiyasi ham taqdim etildi, u ko‘tarilgan suspenziya, off-road shinalar, yon qadamlar, alyuminiy taglik himoyasi, LED bar va snorkel bilan jihozlangan.

Foto: Toyota

Yangi Hilux bozordan bozorga qarab yengil gidrid, benzinli yoki to‘liq elektr variantlarida sotiladi. Keyinchalik esa Hilux GR Sport versiyasi chiqishi kutilmoqda, u sport suspenziya va yaxshilangan boshqaruvga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toyota vodorodli Tacoma kontseptini taqdim etgan edi.