Yangiliklar

UzAuto Motors sof foydasi 3,6 foizga kamaydi, islomiy bank bo‘yicha qonun loyihasi Senatga yuborildi — 11-noyabrning muhim hodisalari

12-noyabr uchun AQSh valyutasi 11 990,00 so‘m (-24,94 so‘m) etib belgilandi
Загрязнение воздуха в Ташкенте
11-noyabrning muhim hodisalari / Foto: Kursiv Uzbekistan

UzAuto Motors sof foydasi kamaydi, islomiy bank faoliyatini joriy etish bo‘yicha qonun loyihasi Senatga yuborildi, «O‘zgidromet» niqob taqishni tasviya etdi — 11-noyabrning muhim hodisalari Kursiv Uzbekistan materialida.

Akfa Group AQShda 600 million dollarlik zavod qurilishini boshladi — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Akfa Group kompaniyasi Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kentukki shtatida yirik ishlab chiqarish majmuasini qurishni boshladi. Loyiha qiymati $600 millionni tashkil etadi. Bu haqda kompaniya asoschisi Jahongir Ortiqxo‘jayev «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

O‘zbekiston va AQSh viza tartibini soddalashtirish masalasini muhokama qilmoqda

O‘zbekiston va AQSh fuqarolar hamda biznes vakillari uchun viza rejimini soddalashtirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Kredit qarzini ijtimoiy nafaqa va yordam pullaridan undirish taqiqlanadi

Banklardagi mikrokreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi tushdi, avtokreditlarniki esa biroz oshdi
Banklardagi mikrokreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi tushdi, avtokreditlarniki esa biroz oshdi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini yanada shaffof va adolatli qilish maqsadida bank xizmatlari iste’molchilari bilan munosabatlarga qo‘yiladigan minimal talablarni yangiladi. Unga ko‘ra, kredit olish jarayonida mijozlar barcha tavakkalchilik va majburiyatlar haqida oldindan to‘liq ma’lumot oladi. Shuningdek, kredit to‘lovlarini kechiktirayotgan fuqarolar uchun shartnomani o‘zgartirish va yengillik berish mexanizmi belgilanadi.

Adidas «JCh – 2026» ishtirokchilari uchun yangi formalar kolleksiyasini taqdim qildi — foto

Sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi Adidas brendi 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etadigan 22 ta milliy terma jamoa uchun maxsus o‘yin formasini namoyish etdi

«O‘zgidromet» Toshkentda havo sifati yomonlashgani sabab niqob taqishni tasviya etdi

«O‘zgidromet» Toshkentda havo sifati yomonlashgani sabab niqob taqishni tasviya etdi
«O‘zgidromet» Toshkentda havo sifati yomonlashgani sabab niqob taqishni tasviya etdi / Foto: skyscrapercity

Toshkent va Andijon shaharlarida havo ifloslanish darajasi yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Asosan, Toshkent shahrida PM10 mayda dispersli zarrachalar miqdori 189 mkg/m³ ni tashkil qilib, ruxsat etilgan me’yordan oshmagan. Ammo PM2.5 zarrachalar miqdori 143 mkg/m³ bo‘lib, bu me’yordan 2,4 baravar yuqori.

Olmaota – Toshkent tezyurar poyezdi 14-dekabrdan boshlab har kuni qatnaydi

Olmaota - Toshkent tezyurar poyezdi 14-dekabrdan boshlab har kuni qatnay boshlaydi
Foto: «Qozog‘iston temir yo‘li» AJ matbuot xizmati

Olmaota – Toshkent tezyurar poyezdi 14-dekabrdan boshlab har kuni qatnay boshlaydi. Hozirda qatnovlar haftaning kuniga qarab kunora – dushanba, chorshanba, juma va yakshanba yoki seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Toshkentda chiqindi to‘lovini kechiktirgan olti ming abonentning elektr to‘loviga cheklov qo‘yildi

maishiy chiqindi
Maishiy chiqindilarni olib chiqish jarayoni to‘liq raqamlashtiriladi. Foto: Chiqindilarni boshqarish agentligi

5-noyabr kuni Toshkent shahrida chiqindi xizmatlari bo‘yicha 2,2 mlrd so‘m qarzdorlik aniqlanib, 25 mingdan ortiq abonentlarga SMS orqali ogohlantirish yuborildi. Belgilangan besh kun ichida qarzini to‘lamagan olti ming abonentning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyati vaqtincha cheklab qo‘yildi.

Samsung Galaxy S26 narxi oshishi kutilmoqda

Samsung Galaxy S26
Foto: ivedia.ru

Tahlillarga ko‘ra, Galaxy S26 bazaviy versiyasi $850 – $900 atrofida bo‘ladi. Solishtirish uchun, hozirgi Galaxy S25 modeli $800 turadi. Kengaytirilgan Galaxy S26+ modeli $1100 dollar atrofida baholanmoqda. Bu o‘tgan yilgi S25+ modelidan $100 qimmatroq. Eng yuqori darajadagi Galaxy S26 Ultra esa kamida $1350 dan boshlanadi. Ushbu versiya 256 gigabaytli ichki xotiraga ega bo‘ladi. Taqqoslash uchun, S25 Ultra $1300 dan sotuvga chiqqan edi.

12-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

Курс доллара на 31 октября
Foto: Giorgio Trovato / Unsplash

12-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 11 990,00 so‘m (-24,94 so‘m) etib belgilandi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 33,64 so‘mga tushib, 13 866,44 so‘mni, rubl esa 0,76 so‘mga tushib, 147,55 so‘mni tashkil qildi.

Toshkent parklarida 39 ta attraksion ruxsatsiz ishlayotgani ma’lum bo‘ldi

Foto: Pexels.com

Poytaxtning 17 parkida o‘tkazilgan keng ko‘lamli tekshiruvlar davomida attraksionlar bo‘yicha jiddiy kamchiliklar aniqlandi. Ta’kidlanishicha, 45 ta qurilmaning texnik pasporti yo‘qligi, 23 tasida ekspluatatsiya uchun mas’ul xodim tayinlanmagani va 39 tasining mavsumiy ruxsatsiz ishlayotgani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etish bo‘yicha qonun loyihasi Senatga yuborildi

O‘zbekistonda islomiy bankni joriy etish bo‘yicha qonun loyihasi Senatga yuborildi
O‘zbekistonda islomiy bankni joriy etish bo‘yicha qonun loyihasi Senatga yuborildi / Foto: ijtimoiy tarmoq

Loyihaga ko‘ra, islomiy bank sifatida faoliyat yuritish uchun litsenziya olish tartibi aniqlashtiriladi, islomiy moliya operatsiyalariga oid tushunchalar ochib beriladi. Shuningdek, bunday banklarga islomiy moliya standartlari asosida savdo faoliyatini yuritish, yuridik shaxslarni tashkil etish hamda ulardagi aksiyalarni sotib olish huquqi beriladi.

UzAuto Motors sof foydasi 3,6 foizga kamaydi, ammo rentabellik oshdi

Foto: Kursiv Uzbekistan

Shu yilning to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra, UzAuto Motors 2,7 trillion so‘m miqdorida sof foyda ko‘rdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,6 foizga kam. Shu bilan birga, kompaniyaning sof tushumi 12,8 foizga kamayib, 35,4 trillion so‘mni tashkil etdi.Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida kompaniyaning moliyaviy hisobotlari e’lon qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 10-noyabrning eng muhim hodisalarini e’lon qilgandi.