13-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

eʼlon qilindi
12-noyabr uchun 11 990,00 so‘m (-24,94 so‘m) etib belgilangan edi
Dollar
Foto: Pepi Stojanovski / Unsplash

13-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 11 972,35 so‘m (-17,65 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

So‘nggi besh kun ichida dollar kursida pasayish ustun bo‘ldi. 6-noyabr kuni 11 970,67 so‘m (+20.04 so‘m), 7-noyabr kuni 12 022,92 so‘m (+52,25 so‘m), 10-noyabrda esa 12 060,27 so‘m (+37,35 so‘m) etib belgilangan edi. 11-noyabr kuni dollar 12 014,94 so‘mga (-45,33 so‘m), 12-noyabr kuni esa 11 990,00 so‘mga (-24,94 so‘m) tenglashdi.

Grafik SI yordamida yaratilgan

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 14,43 so‘mga tushib, 13 852,01 so‘mni, rubl esa 0,03 so‘mga tushib, 147,52 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh dollari qanchaga oshgani haqida yozgan edi. 

Shuningdek