AQSh Turkiyadan Rossiya neftini sotib olmaslikni talab qildi

eʼlon qilindi
AQSh rasmiylari bu chorani Ukraina urushini to‘xtatishga ko‘maklashish maqsadida ko‘rmoqda
neft
Foto: Depositphotos

AQSh Turkiyadan Rossiya neftini xarid qilmaslikka chaqirdi. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens va davlat kotibi Marko Rubio Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, AQSh rasmiylari bu chorani Ukraina urushini to‘xtatishga ko‘maklashish maqsadida ko‘rmoqda. Ularning fikricha, Rossiyadan energiya sotib olish Moskvaning urush xarajatlarini qoplash imkonini kengaytiradi. Shuning uchun AQSh Rossiya neft va gaziga bo‘lgan talabni kamaytirish orqali bosimni kuchaytirishni istamoqda.

Turkiya esa Rossiyadan neft sotib oluvchi uchinchi yirik mamlakat. Bu borada faqat Xitoy va Hindistondan keyingi o‘rinda turadi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya neftni qayta ishlash zavodlari AQSh tomonidan Rossiyaning ikki yirik ishlab chiqaruvchisiga qarshi sanksiyalar e’lon qilingach, Rossiya xom neftini xarid qilishni qisqartirgan. Ammo Anqara xaridni to‘liq to‘xtatishni rejalashtirmagan.

Foto: AQSh Davlat departamenti saytidan ekran tasviri

Rossiya Turkiyaning eng yirik tabiiy gaz yetkazib beruvchisi bo‘lib qolmoqda. Hozirda ikki mamlakat o‘rtasida amaldagi gaz shartnomalari yil oxirida tugashi sababli yangi uzoq muddatli kelishuvlar bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

AQShning bu bosimi Turkiya uchun ma’lum darajada qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Biroq ular Anqara energiya manbalarini diversifikatsiya qilgani sababli bu bosimni yengilroq qabul qila olishini qayd etgan. Turkiya tomoni import xarajatlarini nazoratda ushlab turishini ta’kidlagan.

O‘tgan hafta AQSh prezidenti Donald Tramp Vengriyaga Rossiya neftini xarid qilish bo‘yicha sanksiyalardan istisno berish qarorini e’lon qilgan edi. Bu qaror Vengriya bosh vaziri Viktor Orban uchun muhim siyosiy g‘alaba sifatida baholangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Avstraliya sanksiyalarga qaramay Rossiya neftini import qilayotgani haqida xabar edi.

Shuningdek