Yangiliklar

Avstraliya 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochishni chekladi

Shu yilning 10-dekabridan boshlab
Telefon qaramligidan qanday qutulish mumkin
Avstraliya 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlarda hisob ochishni chekladi / Foto: Canard Virtuel

Avstraliya hukumati 10-dekabrdan boshlab 16 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochishni chekladi. Bu haqda hukumat rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, mazkur qoidalar yoshlarni ekran oldida uzoq vaqt o‘tirishga undaydigan va ularning salomatligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan kontentdan himoya qilishga mo‘ljallangan.

Facebook, Instagram, Snapchat, TikTok, YouTube, X va boshqa platformalar yosh chegarasiga kiritilgan. Yoshlar bu platformalardan foydalangan taqdirda jazo qo‘llanilmaydi, ammo platformalar yoshlarni hisob ochishdan to‘sib qo‘ymasalar, ular javobgarlikka tortilishi mumkin.

Shuningdek, cheklovlar ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar o‘zaro muloqot qilishi, kontent joylashtirishi va boshqa interaktiv funksiyalarni bajarishi mumkin bo‘lgan xizmatlarga ham taalluqlidir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada Grok chat-botiga cheklov qo‘yilgan edi.