Yangiliklar

Jizzaxda FVV bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Pora
Jizzaxda FVV bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi / Foto: Stopcor

Jizzax viloyatidagi tumanlardan birida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i pora olayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

U sentyabr oyida tadbirkorga ko‘p qavatli uy loyihasini tasdiqlab berish evaziga $200 olgan. Keyinchalik tadbirkor shu hududda xususiy maktab qurish uchun ham hujjatlarni tasdiqlatmoqchi bo‘lib, yana murojaat qilganida mansabdor bu safar 6 mln so‘m talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda u pulni turmush o‘rtog‘i orqali olayotganda ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «a» va «v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llangan. Mazkur modda bo‘yicha 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq pora bilan qo‘lga olingan sobiq sud raisi 10,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgani haqida yozgan edik.