
Bugun moliya va texnologiya olamidagi sirli voqealar va shubhali operatsiyalarga qaytamiz. Kursiv Uzbekistan kechqurun tomosha qilishga moliyaviy intrigalarni ochib beruvchi «Hech kimga ishonma: kripto qiroli ovi» (Trust no one: The hunt for the Crypto King) filmini tavsiya qiladi.
2022-yilda chiqarilgan mazkur hujjatli film — rejissyor Lyuk Syuell tomonidan suratga olingan bo‘lib, kriptovalyuta almashinuv platformasi QuadrigaCX’ning sirli inqirozi va uning asoschisi Jerald Kottenning noma’lum o‘limi atrofidagi mojarolarni chuqur tahlil qiladi.
Filmda 2018-yilda kotirovka platformasi tomonidan mijozlardan yig‘ilgan taxminan $2,5 milliardga yaqin aktivlarning sirli yo‘qolishi va Kottenning Hindistonda vafot etgani tasvirlanadi.
Film bir guruh investorlar va mustaqil tergovchilarning asl haqiqatni aniqlashga bo‘lgan intilishlari orqali rivojlanadi. Bundan tashqari, u tomoshabinni kriptovalyutalar va onlayn investitsiya olamidagi xavflar hamda nazoratning yetishmasligi haqida ogohlantiradi.
Film moliyaviy sarmoyalarga, virtual aktivlarga va ular bilan bog‘liq murakkab voqealarga qiziquvchilar uchun qiziqarli tanlov bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Havaskor» filmi haqida ma’lumot bergandi.