2024/2025-o‘quv yilida 381,7 ming talaba oliy ta’limga qabul qilindi

eʼlon qilindi
Ularning 196,7 ming nafari qizlar, 185 ming nafari esa o‘g‘il bolalar
Talaba
Oliy ta’limda talabalar soni 381,7 mingga yetdi / Foto: FE

2024/2025-o‘quv yilida O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga 381,7 ming nafar talaba qabul qilindi. Bu ko‘rsatkich 2020/2021-o‘quv yiliga nisbatan 2,2 baravarga oshgan, deya ma’lum qilmoqda Milliy statistika qo‘mitasi.

Ta’kidlanishicha, qabul qilingan talabalar orasida 196,7 ming nafari qizlar, 185 ming nafari o‘g‘il bolalar. Hududlar kesimida eng ko‘p talabalar Toshkent shahrida – 155,2 ming, Qashqadaryoda 28,8 ming va Buxoroda 31,5 ming nafar qabul qilingan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 18,6 ming, Andijon – 12,5 ming, Jizzax – 6,3 ming, Navoiy – 9,2 ming, Namangan – 16,1 ming, Samarqand – 21,2 ming, Surxondaryo – 16,8 ming, Sirdaryo – 5,3 ming, Toshkent viloyati – 22,7 ming, Farg‘ona – 20,7 ming va Xorazm – 16,8 ming nafar talaba qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik talabalar eng ko‘p qaysi davlatlarda o‘qiyotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek