Gadjetlar

Oppo Reno15 Pro 17-noyabrda taqdim etiladi — foto

Qurilmaning qalinligi 7,65 mm
Oppo Reno 15
Foto: The Geek

Oppo kompaniyasi 17-noyabr kuni yangi Oppo Reno15 flagman seriyasini taqdim etadi. Smartfonning barcha asosiy texnik tafsilotlari allaqachon oshkor qilindi.

Oppo Reno15 Pro kuchli MediaTek Dimensity 8450 protsessorida ishlaydi. Qurilmada 6,78 dyuymli OLED ekran o‘rnatilgan bo‘lib, u 2640×1216 pikselli aniqlik va 120 Hz yangilanish chastotasini taklif etadi. Old kamera 50 MP, asosiy kameralar esa 200 MP (asosiy modul), 50 MP (ultrakeng burchakli) va 50 MP (teleobyektiv) dan iborat.

Foto: Oppo
Foto: Oppo

Smartfon 12 yoki 16 GB operativ xotira hamda 256 GB, 512 GB yoki 1 TB ichki xotira bilan taqdim etiladi. Batareya sig‘imi 6300 mA/soat bo‘lib, 80 Vt quvvatda simli va 50 Vt quvvatda simsiz quvvat olishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: Oppo

Yangi model metall ramka, NFC moduli va Android 16 tizimi bilan chiqadi. Qurilmaning qalinligi 7,65 mm, og‘irligi esa 205 gramm.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 225 dollarlik Oppo A6 taqdim etilgani haqida yozgan edi.