
Toshkentda «O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ va Hindistonning «ABS Logistics» kompaniyasi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ma’lum qildi.
Hamkorlik xalqaro multimodal tashishlarni rivojlantirish, yangi logistika yo‘nalishlarini ochish va konteyner aylanmasini oshirishga qaratilgan. Shuningdek, tomonlar yuk oqimlarini diversifikatsiya qilish, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va raqamli yechimlarni joriy etish borasida hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Coursera raqamli ta’lim bo‘yicha hamkorlik qilishi haqida xabar bergan edik.