Prezident UNESCOning yangi bosh direktori bilan uchrashdi

eʼlon qilindi
Ayrim muhim masalalar muhokama qilindi
Prezident UNESCOning yangi bosh direktori bilan uchrashdi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr kuni BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) bosh direktori lavozimiga saylangan Holid al-Ananiyni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Samarqandda o‘tgan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi yakunlari hamda O‘zbekiston va tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Prezident Holid al-Ananiyni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklab, unga muvaffaqiyatlar tiladi. O‘z navbatida, yangi bosh direktor O‘zbekistonda o‘tkazilgan tadbirning yuqori saviyada tashkil etilganini e’tirof etdi.

Tomonlar UNESCO bilan hamkorlikni yanada faollashtirish va prezident ilgari surgan strategik tashabbuslarni birgalikda amalga oshirishga tayyorliklarini bildirdilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev va Putin telefon orqali muloqot qilgan edi.

Shuningdek