Samarqandda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun audiofond tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Samarqand shahrida yangidan ochilishi rejalashtirilgan bolalar kutubxonasida
O‘zbekistonda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun audiofond tashkil etiladi
O‘zbekistonda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun audiofond tashkil etiladi / Foto: depositphotos

Samarqand shahrida yangidan ochilishi rejalashtirilgan bolalar kutubxonasida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun maxsus audiofond tashkil etiladi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kutubxona 1911-yilda qurilgan tarixiy binoda joylashadi. Binoda restavratsiya ishlari olib borilib, uning madaniy o‘ziga xosligi va davr ruhi saqlab qolinadi.

«Ushbu dargoh bolalar, oʻsmirlar, ularning ota-onalari va ustozlari uchun chinakam ijodiy maskanga aylanadi. Loyihada inklyuzivlikka alohida e’tibor qaratilgan: koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun audiofond tashkil etish rejalashtirilgan», — deydi Mirziyoyeva o‘z sahifasida.

Kutubxona fondi o‘zbek, ingliz va rus tillarida jami 120 ming jild kitobni o‘z ichiga oladi. Saida Mirziyoyeva ushbu tashabbus Samarqand aholisi uchun ma’naviy boylik manbaiga aylanishiga ishonch bildirdi.

Avvalroq O‘zbekistonda nogironlikni belgilash tizimi to‘liq raqamlashtirilayotgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, nogironlik masalasida endi «Inson» markazlari, ijtimoiy xodimlar, my.gov.uz portali hamda oilaviy shifokorlar orqali ham murojaat qilish mumkin. Tajriba-sinov davrida Toshkent shahri va Navoiy viloyatidan 12,5 ming ariza kelib tushgan bo‘lib, ularning yarmidan ko‘pi «Inson» markazlari orqali yuborilgan.

Shuningdek