SpaceX Texasda Gigabay majmuasini ishga tushirmoqda

SpaceX Texasdagi Starbase hududida yangi ishlab chiqarish majmuasi Gigabayni qurmoqda. Bu haqda Teslarati ma’lum qildi.
Bu majmua qayta foydalaniladigan Starship raketalarini seriyali ishlab chiqarish markazi bo‘lib, yiliga 1000 ta raketa ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.
Majmua balandligi 116 metr, ichki hajmi 1,32 mln kub metr bo‘lib, bir tom ostida o‘nlab ishlab chiqarish liniyalarining bir vaqtda ishlashiga imkon beradi. Ichida 24 texnologik blok joylashadi va 360 tonnagacha yuk ko‘taruvchi kranlar o‘rnatiladi.
Hozir qurilish ishlari davom etmoqda, to‘rtta minorali kran o‘rnatilgan va ishlarni 2026-yil dekabriga qadar tugatish rejalashtirilgan. Gigabay ishga tushirilgach ishlab chiqarish sur’ati keskin oshadi.
Starship Ilon Maskning uzoq muddatli strategiyasida Oy va Marsga parvozlar uchun transport tizimining markaziy elementi hisoblanadi. Sinov parvozlari qayta foydalaniladigan bosqichlar va boshqariladigan qo‘nish texnologiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Gigabay faqat ishlab chiqarish sexi emas, balki infratuzilma sharti hisoblanadi: qayta foydalaniladigan kosmik kemalarni ommaviy ishlab chiqarish bo‘lmasa, Oy va Marsda doimiy bazalar yaratish g‘oyasi amalga oshmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Starship Oyga 100 tonna yuk olib chiqadigan yangi avlod raketasini taqdim etgan edi.