Yangiliklar

Xitoy kompaniyasi Bo‘ka tumanida quyosh fotoelektr stansiyasi quradi

China Datang kompaniyasi
Foto: Energetika vazirligi

Xitoyning China Datang kompaniyasi Bo‘ka tumanida yangi stansiya qurish bo‘yicha O‘zbekiston bilan bitim imzoladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Kompaniya O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Xususan, Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida 263 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgani qayd etildi.

Mazkur «yashil» stansiya hozirda barqaror elektr energiyasi ishlab chiqarmoqda. Loyiha natijasida yiliga 575 million kVt·soat elektr energiya ishlab chiqarilib, 154 million kub metr tabiiy gaz tejalmoqda.

Shuningdek, China Datang kompaniyasi O‘zbekistonda kadrlar salohiyatini oshirishmaqsadida Bo‘ka tumanidagi quyosh stansiyasi negizida Energetika sohasida innovasion texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, kompaniya tumanda yana bitta yangi quyosh fotoelektr stansiyasi va energiya saqlash tizimini qurish bo‘yicha yangi bitimlarni imzoladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan parlament vazirlarga «yashil iqtisodiyot» bo‘yicha so‘rov yuborgani haqida yozgandi.