14-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi
eʼlon qilindi
13-noyabr kuni esa 11 972,35 so‘mga (-17,65 so‘m) tenglashdi

14-noyabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 11 985,10 so‘m (+12,75 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
So‘nggi besh kun ichida dollar kursida pasayish ustun bo‘ldi. 7-noyabr kuni 12 022,92 so‘m (+52,25 so‘m), 10-noyabrda esa 12 060,27 so‘m (+37,35 so‘m) etib belgilangan edi. 11-noyabr kuni dollar 12 014,94 so‘mga (-45,33 so‘m), 12-noyabr kuni 11 990,00 so‘mga (-24,94 so‘m), 13-noyabr kuni esa 11 972,35 so‘mga (-17,65 so‘m) tenglashdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 71,08 so‘mga oshib, 13 923,09 so‘mni, rubl esa 1,34 so‘mga oshib, 148,86 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh dollari qanchaga oshgani haqida yozgan edi.