2026-yildan Moskvada haydovchisiz taksilar ishga tushirilishi mumkin

eʼlon qilindi
Respublika bosh vaziri Mixail Mishustin xabar qildi
Taksi
Foto: Depositphotos.com

Rossiyada 2026-yildan haydovchisiz taksilarning ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda hukumat vakili Mixail Mishustin xabariga tayanib, Interfax.ru nashri ma’lum qildi.

«Tijorat kompaniyalari keyingi yildan poytaxtda ilk avtonom taksilarning ishga tushirilishi ustida ishlamoqda», — dedi u.

Mishustin oktabr oyida avtonom shaxsiy avtomobil Tula va Moskva o‘rtasida 400 km masofani mustaqil bosib o‘tganini eslatdi. Shu bilan birga, haydovchi avtomobilda bo‘lgani bilan boshqaruvga aralashmagan.

«Mazkur transport orqali to‘liq yerusti yo‘lovchi tashish bozorini shakllantirish davom etadi», — dedi bosh vazir.

U, shuningdek, bunday texnologiyalar barcha zarur sinovlardan o‘tgandan so‘ng, xavfsizlik va fuqarolar uchun qulaylikni keltirib chiqarishini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Sankt-Peterburgda migrantlarga taqiqdan so‘ng taksi narxlari keskin oshgani haqida yozgandi.

Shuningdek