Sport

Aleksandr Usik Toshkentga keldi — video

Foto: Francois Nel/Getty Images

Jahon boks afsonalari Terens Krouford va Aleksandr Usik Toshkentga keldi. Ular yirik professional boks kechasining faxriy mehmonlari bo‘ladi.

Foto: Instagram

Mashhur sportchilarni poytaxt aeroportida non va gullar bilan kutib olishdi. Uchrashuv lavhalari va suratlari ularning Instagram sahifalarida e’lon qilindi. Boks kechasi 14-noyabr kuni «Humo Arena»da o‘tkaziladi. Unda turli vazn toifalarida janglar bo‘lib o‘tadi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/11/snapinsta.to_aqnn87ghfet2tzgmskln1frkbk5phdopgszi3kccacddlqhomy76knji2gqoo0r7-kbo6_y3iy_rpfr3uaybnvql4frbpxvkjgk6mty-1.mp4

Aleksandr Usik ukrainalik bokschi, og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni hamda birinchi og‘ir vazn toifasida ham sobiq chempion hisoblanadi. U professional ringda birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan.

Terens Krouford esa amerikalik yengilmas bokschi bo‘lib, 42 g‘alabadan iborat natijaga ega. U yarim o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni hisoblanadi va WBA, WBC, IBF hamda WBO bo‘yicha barcha asosiy kamarlarni qo‘lga kiritgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bahodir Jalolov 14-noyabr kuni «Humo Arena»da navbatdagi jangini o‘tkazishi haqida xabar bergan edi.