Chiroqchi tumanidagi xonadonda 21 kg giyohvandlik vositasi topildi
eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chiroqchi tumanida tezkor tadbir davomida fuqaroning uyidan sal kam 21 kg marixuana giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra,fuqaro 1981-yilda tug‘ilgan va ilgari ikki marta sudlangan. Uning yashash xonadonida o‘tkazilgan tekshiruvda 3 ta sintetik qop ichida jami 20 kg 658 gr marixuana giyohvandlik vositasi topilib, rasmiy tartibda qayd etilgan.
Fuqaro giyohvandlikni sotib, oson daromad topish maqsadida yetishtirgan. Unga nisbatan Jinoiy kodeksning 273-moddasi 5-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nukusda noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olingan edi.