
Chiroqchi tumanida tezkor tadbir davomida fuqaroning uyidan salkam 21 kg marixuana giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, fuqaro 1981-yilda tug‘ilgan va ilgari ikki marta sudlangan. Uning yashash xonadonida o‘tkazilgan tekshiruvda 3 ta sintetik qop ichida jami 20 kg 658 gr marixuana giyohvandlik vositasi topilib, rasmiy tartibda qayd etilgan.
Fuqaro giyohvandlikni sotib, oson daromad topish maqsadida yetishtirgan. Unga nisbatan Jinoiy kodeksning 273-moddasi 5-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nukusda noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olingan edi.