Fan

«El-yurt umidi» jamgʻarmasi 2-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qildi

13-noyabr 2025 15:24 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Stipendiya
Foto: Sun’iy intellekt yordamida yasaldi

«El-yurt umidi» jamgʻarmasi nufuzli universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida ta’lim olish uchun stipendiya tanlovini boshladi. Bu haqda Boshqaruv samaradorligi agentligi xabar berdi.

Hujjatlar 12-noyabrdan 26-noyabrgacha onlayn platforma orqali qabul qilinadi: el-yurt.uz.

Tanlovda ishtirok etish uchun barcha hujjatlar belgilangan muddat ichida topshirilishi shart.

Stipendiya gʻoliblari Oʻzbekiston va xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish imkoniyatiga ega boʻladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan avgust oyida «El-yurt umidi» jamg‘armasi 2025-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi natijalarini e’lon qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek