Livan Gannibal Qazzofyni 10 yillik qamoqdan so‘ng ozod qildi

Marhum Liviya rahbari Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Gannibal Qazzofiy 10 yil davom etgan qamoqdan so‘ng Livanda ozod qilindi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
U 2015-yilda Beyrutda hibsga olingan va 1978-yilda bedarak yo‘qolgan shia yetakchisi Muso Sadr ishi bo‘yicha ayblanayotgan edi. Dastlab sud Qazzofiyga $11 million garov belgilagan, biroq himoya ushbu miqdorni qayta ko‘rib chiqishga erishdi. Natijada garov summasi $900 ming dollargacha qisqartirildi. Qazzofiyning advokati Loran Bayon bu qarorni o‘n yillik dahshatli davrning yakuni deb baholadi.
Gannibal Qazzofiy 2011-yilda otasining hokimiyati qulagach, Liviyadan qochib, Suriya orqali Livanga kelgan va shu yerda qo‘lga olingan. U yillar davomida Rumiyadagi qamoqxonada sudsiz saqlangani xalqaro inson huquqlari tashkilotlari tomonidan keskin tanqid qilindi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Muammar Qazzofiydan noqonuniy mablag‘ olishda ayblangan Nikolya Sarkozi qamoq jazosini o‘tashni boshlagani haqida xabar bergan edi.