Yangiliklar

O‘zbekistonning YaIM o‘sishi 2025-yilda 6,2 foizga yetishi kutilmoqda

2026-yilda esa 6 foizga oshishi mumkin
Iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik ma’lumotlardan foydalanish kengayadi
O‘zbekistonning YaIM o‘sishi 2025-yilda 6,2 foizga yetishi kutilmoqda / Foto: ijtimoiy tarmoq

Toshkentda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida Markaziy Osiyoda bandlik va farovonlik masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy muhokama o‘tkazildi. Tadbirda vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar hamda ilmiy doiralar vakillari ishtirok etdi, deya xabar bermoqda markaz matbuot xizmati.

Jahob bankining «Yevropa va Markaziy Osiyo iqtisodiyoti: bandlik va farovonlik» tadqiqoti taqdim etilib, makroiqtisodiy jarayonlar, mehnat bozorlari dinamikasi hamda mintaqaning iqtisodiy barqarorligi tahlil qilindi. Markaziy Osiyoda bandlik o‘sishi mо‘tadil va barqaror davom etayotir. Eng katta hissani O‘zbekiston ta’minlab, 2025-yilda YaIM 6,2 foiz, 2026-yilda esa 6 foizga oshishi kutilmoqda.

Tadbirda yoshlarni ish bilan ta’minlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, inson kapitali va infratuzilmani rivojlantirish, biznes uchun qulay sharoitlar yaratish hamda barqaror huquqiy muhitni ta’minlash ustuvor vazifa sifatida ko‘rsatildi. Yashil iqtisodiyot va sun’iy intellekt rivojlanayotgan sharoitda davlat, biznes va hamkorlar sa’y-harakatlarini birlashtirish zarurligi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq parlament vazirlarga «yashil iqtisodiyot» bo‘yicha so‘rov yuborgan edi.