Banklar va moliya

Mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari o‘zgarishsiz qoldi

13-noyabr holatiga ko‘ra
Banklarda mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari qancha
Banklarda mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari qancha / Foto: depositphotos

10-noyabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 32,7 foizda saqlanib qoldi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 23,2 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 23,1 foizni ko‘rsatmoqda.

Bunda eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:

  • «TBC bank» – 40,0%;
  • «Tenge bank» – 39,7%;
  • «Apex bank» – 39,5%;
  • «Octobank» – 37,9%;
  • «Ipoteka bank» – 37,7%.

Eng past mikroqarz foiz stavkalari quyidagi banklarda:

  • «Aloqabank» – 24,8%;
  • «Infinbank» – 24,9%;
  • «Trast bank» – 25,5%;
  • «BRB» – 25,6%;
  • «OFB» – 26,1%.

Avtokreditlar

Avtomobil xaridi uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi ham 24,3 foizda saqlanib qoldi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 23,2 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 23,1 foizni ko‘rsatmoqda.

Bunda eng past avtokredit stavkalari quyidagi banklarda kuzatilmoqda:

  • «Infinbank» – 18,6%;
  • «Ipoteka bank» – 20,1%;
  • «Garant bank» – 20,6%;
  • «OFB» – 21,2%;
  • «BRB» – 23,1%.

Eng yuqori avtokredit stavkasi:

  • «Madad Invest bank» – 27,9%;
  • «Asia Alliance bank» – 26,8%;
  • «Trast bank» – 26,7%;
  • «SQB» – 26,6%;
  • «Davr bank» – 26,1%.

Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 3-noyabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilingani haqida yozgandi