
Oppo va OnePlus yangi avlod smartfonlar uchun juda katta sig‘imli akkumulyatorlarni sinovdan o‘tkazmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, kompaniyalar 8000, 8400, 9000 va 9500 mA/soatli batareyalarni tayyorlamoqda.
Yangi smartfonlarga ikki bo‘lakli emas, balki to‘liq bir dona yirik akkumulyator qo‘llaniladi. Kichik ekranli ixcham flagman ham, mobil fotografiyaga yo‘naltirilgan model ham 7000 mA/soatdan yuqori quvvatga ega bo‘ladi. O‘rta va yuqori sinf smartfonlarda esa quvvat miqdori 9500 mA/soatgacha yetadi. Zaryadlash tezligi borasida hozircha aniq ma’lumot berilmagan.
Ushbu qurilmalar 2026-yildayoq bozorga chiqarilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Oppo Reno15 Pro 17-noyabrda taqdim etilishi haqida yozgan edi.